Umidani chaqiring

Sizni ta’qib qilishayaptimi? Sizga ortiqcha e’tibor qaratishayaptimi? Ko’chada o’zingizga nisbatan xavf his qilayapsizmi? Unda CallUmida (UmidaniChaqiring) tashabbusi sizga yordam berishi mumkin.  CallUmida sinov loyihasi – bu ko’cha tegajog’ligi muammosiga befarq bo’lmagan va shahrimizni xavfsizroq qilish maqsadida birlashgan tashkilotlar uyushmasidir.  CallUmida stikeri bilan belgilangan binolarda siz uchun xavfsiz joylar mavjud bo’lib, u yerda siz tajovuzlardan vaqtincha himoya topishingiz mumkin. Xavfsiz joylar lokatsiyalari xaritasi pastda keltirilgan.

Xavfsiz joylarda sizga qanday yordam berishlari mumkin? 

  1. Tajovuzkorlardan jismoniy himoyalab xavfsiz joyga olib o’tish
  2. Qarindoshlar/do’stlar bilan bog’lanishda yordam ko’rsatish
  3. Huquqni muhofaza qilish xodimlarini chaqirib berish

Yordam olish tartibi qanaqa?

  • Tashabbus stikeri bo’lgan lokatsiyalardan biriga yoki CallUmida.uz veb sahifasida "CallUmida" belgisi bilan belgilangan lokatsiyarning o’zingizga eng yaqiniga murojaat qiling
  • Qo’riqlash xodimlari yoki istalgan boshqa xodimga yordam so’rab murojaat qiling. Maxfiylik kerak bo’lgan holatlarda “Umidani chaqiring” sirli jumlasidan foydalaning 
  • Xodim sizni xavfsiz joyga olib o’tishi, qo’shimcha chiqish yo’li orqali chiqarib yuborishi, huquqni muhofaza qilish xodimlarini yoki yaqinlaringizni chaqirishda yordam berishi mumkin
  • Agar yaqin atrofda CallUmida hamkorlari bo’lmasa huquqni muhofaza qilish xodimlarini yoki yaqinlaringizni chaqiring. Shuningdek ko’chadagi boshqa insonlar ham sizga yordam qo’lini cho’zishi mumkin

Qayerda yordam bera olamiz

Bizga qo'shiling

Xavfsiz joy taklif etish qiyin vaziyatga tushib qolgan odamlarga juda muhim xizmatdir va biz ushbu tashabbusni qo'llab-quvvatlaganingiz va qiziqish bildirganingiz uchun minnatdormiz!
Bizning maqsadimiz - yashash joylarini hamma uchun xavfsizroq qilishdir. Ushbu tashabbusni Toshkent shahrida sinab ko'rayapmiz va biz Sizni alyansning bir qismi bo'lishga chorlaymiz. Ushbu tashabbusning muvaffaqiyati Sizning faol ishtirokingizga bog'liq - bizga qo'shiling!

call umida